Turkiyaning “AnadoluJet” aviakompaniyasi Anqara-Toshkent-Anqara yangi yo‘nalishini ochdi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

Birinchi yo‘lovchi reysi joriy yilning 17-apreliga belgilangan.

Parvozlar Boeing 737−800 samolyotlarida haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

AnadoluJet” aviakompaniyasi 2008-yili tashkil etilgan. U “Turkish Airlines” loyihasi hisoblanib, bosh qarorgohi Anqarada joylashgan.

Kompaniya parkida 59 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishga ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.

Avvalroq Rossiyaning “iFly” aviakompaniyasi yozgi mavsumda O‘zbekistonning ikkita shahriga parvozlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.