Farg‘onada AKT bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston instituti ochilishi mumkin. Bu bo‘yicha viloyat hokimligi hamda “Hindustan” institutlar guruhi o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn muloqotda muhokama qilindi. Bu haqda “Dunyo” nashri xabar berdi.

Unda OTM prorektori Enid Jakob Farg‘onada AKT institutini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihaning birlamchi konsepsiyasini taqdim etdi.

Hindiston vakillari yangi oliy ta’lim maskanini ishga tushirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

Hindustan” institutlar guruhi 1966-yilda Hindistonning Chennay shahrida tashkil etilgan.

Unda AKT, tibbiyot, farmatsevtika, muhandislik, menejment, qishloq xo‘jaligi va huquq kabi mutaxassisliklar bo‘yicha 15 mingga yaqin xorijiy va hindistonlik talaba tahsil oladi.

O‘tgan yili Hindistonning “Acharya” institutlar tarmog‘i Buxoroda universitet ochishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.

Unda o‘quv va laboratoriya xonalari, ARM, yotoqxona, sport maydonlari hamda suzish havzalari barpo etilishi belgilangan.

Talabalarga IT-yo‘nalishida hindistonlik professor-o‘qituvchilar dars berishi ta’kidlangan.