E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


Aprel oyi holatiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondagi banklar kreditni o‘rtacha 25% yillik stavka asosida taklif etmoqda. Dastlabki to‘lov kamida 15% bo‘lishi kerak.

Mavjud 34 ta bankdan 12 tasida ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin. Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka krediti foiz stavkasi 17%ni, oddiy ipotekada esa eng kam foiz stavkasi — 28%ni tashkil qiladi.

Muddat qancha kam va dastlabki to‘lov qanchalik ko‘p bo‘lsa, yillik foiz stavkasi shuncha kam bo‘ladi.

Bunda ba’zan imtiyozli davr ham beriladi va u ikki oydan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt mobaynida qarzdor kredit bo‘yicha faqat foizni to‘lab turishi va qarzning asosiy qismini to‘lamasligi mumkin.

Davlat dasturi bo‘yicha ipotekada maksimal summa Toshkentdagi uylarga 416,5 mln so‘m berilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatdagilarga esa 327,2 mln.ni tashkil qiladi.

Subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka krediti maksimal summasidan oshib ketgan taqdirda ham to‘lanadi. Xarajatning qolgan qismini qarz oluvchi o‘z hisobidan to‘laydi.

Ipotekani rasmiylashtirish

Bank bo‘limiga birinchi marta borishdan avval kamida oxirgi 6 oydagi daromadlar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlab qo‘ygan ma’qul. U bank xodimi bilan maslahatlashish vaqtida kredit qanday shartlar asosida ajratilishini aniqlash imkonini beradi.

Agar kreditni uzishga mablag‘ yetmaydigan bo‘lsa, hamkor jalb etish mumkin. Ariza beruvchi boshqa kredit bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi lozim.

Agar ipoteka shartlari qarz oluvchini qoniqtiradigan bo‘lsa, navbatdagi qadamga, ya’ni uy tanlash, uy quruvchi yoki mulk egasi bilan dastlabki shartnoma tuzish, mustaqil baholash o‘tkazish va boshqa hujjatlar to‘plashga o‘tish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza;
  • pasport yoki ID karta (arizachi va uning hamkoriniki);
  • daromad to‘g‘risidagi ma’lumot (arizachi va uning hamkoriniki);
  • uy-joy oldi-sotdi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma;
  • kadastr hujjatlari.

Kredit uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati bankning ichki siyosatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Bank hujjatarni ko‘rib chiqib, arizani ma’qullagandan so‘ng qarzdor va bank o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bu hujjat asosida uy xaridor nomiga rasman rasmiylashtiriladi, sug‘urta qilinadi va bankka garov rasmiylashtiriladi. Shundan keyingina quruvchi (yoki sotuvchining bank kartasiga) hisobiga pul o‘tkaziladi.


Ipoteka kreditini olishda yengillik

2023-yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish vazifalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident 1-maydan rasmiy daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratilishi haqida ma’lum qildi.

Bunda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullari ham hisobga olinadi.

Dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Subsidiyaga ajratilgan mablag‘larni tezroq ishlatish uchun subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushiriladi.

Ya’ni, bu muddat qisqartirilishi orqali subsidiyadan ko‘proq aholi foydalanishi uchun imkoniyat yaratilmoqda.

Shu bilan birga, 4 oy davomida sertifikatidan foydalanmagan fuqarolarga subsidiya olish uchun yana qayta murojaat qilish huquqi beriladi.


Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka

Bank nomi
Qishloq joylardan
Shaharlardan
Agrobank
18%
Аsakabank
17%
Аloqabank
18%
19%
Ipotekabank
18%
Mikrokreditbank
18%
Orient Finans Bank
18%
Qishloqqurilishbank
18%
Sanoatqurilishbank
17%
Turonbank
18%
Xalq banki
18%
O‘zmilliybank
18%

Oddiy ipoteka

Bank nomi
Stavka
Boshlang‘ich to‘lov
Muddat
Birlamchi/ikkilamchi
Agrobank
26%
25%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
InfinBank
24,99%
26%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
25,99%
15 yil
Ipotekabank
26%
26%
15 yilgacha
birlamchi/ikkilamchi
18%
26%
birlamchi/ikkilamchi
Ipak yo‘li banki
26%
25%
5 yilgacha
birlamchi
Kapitalbank
23%
51%
10 yilgacha
birlamchi/ikkilamchi
25%
26%
Orient Finans Bank
25%
35%
20 yil
birlamchi
22%
24%
23%
40%
ikkilamchi
25%
30%
Poytaxt bank
24%-27%
25%
3 yildan 10 yilgacha
birlamchi
Saderat Bank
24%
30%
7 yilgacha
birlamchi/ikkilamchi
Tenge Bank
23,9%
50%
15 yilgacha
birlamchi
24,9%
25%
23,99%
25%
10 yilgacha
ikkilamchi
Xalq banki
25%
26%
15 yil
birlamchi/ikkilamchi
Ziraat Bank Uzbekistan
23,5%
25%
2 yildan 5 yilgacha
birlamchi/ikkilamchi
24%
5 yildan 7 yilgacha
25%
7 yildan 10 yilgacha
O‘zmilliybank
21%
40%
10 yil
ikkilamchi
23%
30%
24%
25%

Avvalroq “Spot” 2023-yil mart oyi bo‘yicha O‘zbekiston banklaridagi mikroqarzlar bo‘yicha ma’lumot bergandi.