Avvalroq prezidentning “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon imzolangani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan, 1-maydan qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit ta’minoti sifatida bosqichma-bosqich garovga olish amaliyoti joriy etiladi.

2025-yilgacha quyidagi qurilish materiallari va xomashyo turlarini import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi:

ko'p qavatli uylar, qonunchilik, uy-joy qurilish

2024-yilning 31-dekabrigacha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga Toshkentda — 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda — 7 va undan yuqori, qishloq joylarda — 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga kafillik va kompensatsiya taqdim etiladi. Bunda:

  • kompensatsiya — kredit summasidan qat’i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lanadi;
  • kafillik — kredit summasidan qat’i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi;
  • kafillik va kompensatsiyalar berish uchun maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70%ini tashkil etishi lozim.

Qarorga ko‘ra, 2023-yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida (38 ta) jami 837 ta (shundan 305 tasi yangi) ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.

Fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar) uchun 4 mingta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.

Shuningdek, “Mening birinchi uyim” dasturi tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani “Turkiston” MFYda amalga oshirilishi belgilangan.

Davlat rahbari “Yangi O‘zbekiston” massivlarida uy-joy qurilishi va 2023-yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish bo‘yicha videoselektorda ham yuqoridagi vazifalarni ilgari surgandi.