Toshkent supermarketlarida xalq orasida “May olmasi” deb ataluvchi ertapishar olma sotuvga chiqdi, deya xabar bermoqda “EastFruit”.

Xususan, ertapishar olmalar bir necha kun erta, ammo 2022-yilning aprel oyiga nisbatan o‘rta hisobda 7 barobar arzon narxda sotuvga chiqqan.

17-aprelda “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida “May olmasi"ning chakana narxi 1 kg uchun 17 990 so‘mdan savdoga chiqqanini e’lon qildi. Mazkur meva hozirda poytaxtning to‘rtta do‘konida mavjud.

Taqqoslash uchun, 19-aprel holatiga, Toshkentdagi supermarketlarda o‘tgan yilgi oddiy va ommabop navli olmaning chakana narxlari 1 kg uchun 11 500−18 000 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.

2022-yil bahorida “May olmasi” poytaxt supermarketlarida 20−23 aprel kunlari 1 kg uchun 117 000 so‘mdan 129 990 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqqandi.

O‘zbekistonda ertapishar olmaning ommaviy yig‘im-terim mavsumi, odatda, may oyi o‘rtalarida boshlanadi. Aynan shu davrda ertagi olmaning ilk eksporti ham start oladi.

Biroq eksport uchun olma yetkazib berishning asosiy hajmi yoz oylariga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq “EastFruit” mutaxassislari O‘zbekistonda bir haftada pomidor narxi keskin pasaygani haqida ma’lum qilgandi.

Xususan, pushti pomidorning o‘rtacha narxi 32%ga, qizil dumaloq pomidor esa 33%ga arzonlashgan.

Bunga esa plyonka ostida tunnel usulida yetishtirilgan pomidorning birinchi partiyasi bozorlarga kirishi sabab bo‘lmoqda: