“IT Park” va “Certiport” xalqaro test markazi “Microsoft Office va Adobe” tanlovining milliy bosqichi uchun arizalar qabuli boshlanganini e’lon qildi.

“Microsoft Office va Adobe” — bu “Microsoft” ofis ilovalari va Adobe dasturlari bilan ishlash koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazadigan global musobaqa hisoblanadi.

Ba‘zi mamlakatlarda yoki mintaqalarda talabalar birinchi milliy bosqichda ishtirok etishlari shart, uning natijalariga ko‘ra eng yaxshi talabalar o‘z mamlakatlarini jahon chempionatida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Milliy chempionat sovrinlari:

  • 1-o‘rin: $4999, kubok, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati;
  • 2-o‘rin: $2499, medal, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati;
  • 3-o‘rin: $999, medal, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati.

Barcha ishtirokchilardan eng yuqori natijaga erishgan 13 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar nomzod saralab olinadi.

Ular 30-iyul kuni AQShning Orlando shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

Tanlov ishtirokchilarining barcha yoʻl va ishtirok xarajatlari Certiport xalqaro test markazi tomonidan qoplanadi.

Xalqaro tanlov ishtirokchisiga aylanish uchun 2023-yil 15-iyungacha Certiport test markazida Microsoft Certified Educator va Adobe Certified Educator sertifikatlariga ega bo‘lish kerak.

AQSHda boʻlib oʻtgan xalqaro chempionat sovrinlari:

  • 1-o‘rin: $8000;
  • 2-o‘rin: $4000;
  • 3-o‘rin: $2000.

Ro‘yxatdan o‘tish 15-iyungacha havola orqali amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot va tanlovda ishtirok etish qoidalari bu yerda. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998956818686


Avvalroq “Spot” “EPAM” SAP Development bo‘yicha bepul kursga arizalar qabul qilayotgani haqida yozgandi.

Nomzodlar ingliz tilini Pre-intermediate va undan yuqori darajadagi bilishi kerak. Arizalar 1-iyungacha qabul qilinadi.