Turkmaniston O‘zbekistondan jo‘nagan yuk transportlarini Rossiyaning janubiy hududlariga chiqishini ta’minlaydi, deb yozmoqda “Neytral Turkmaniston” gazetasi.

Bu haqda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ashxobodda xalqaro transport forumi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida aytgan.

“Sharqiy hududlarni mamlakat markazi bilan bog‘lovchi yuqori tezlikda harakatlanadigan avtotrassalar Ashxabod-Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk) avtoboniga bog‘lansa, qo‘shni O‘zbekistondan yo‘l olgan yuk avtomobillar Kaspiy xalqaro dengiz portiga chiqadi”, — deyiladi Turkmaniston prezidenti yo‘llagan murojaatida.

Berdimuhamedovning ta’kidlashicha, u yerdan Kavkaz, Yevropa, Rossiyaning janubiy hududlari va Eronning shimoliy hududiga, Fors ko‘rfazi va Oman qo‘ltig‘iga dengiz yo‘li orqali yetib olish mumkin.


Avvalroq O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ikkita chegara posti faoliyati qayta tiklanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, mart oyida Turkmaniston bilan yuk tashuvlarini amalga oshirishda E-Permit tizimiga o‘tilishi mumkinligi haqida ma’lum qilingandi.

2022-yilning avgust oyida O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron xalqaro transport va tranzit yo‘lagi tashkil etish orqali yuklarni Turkiyaga (Van ko‘li orqali) intermodal tashuvlarini yo‘lga qo‘yishga kelishilgandi.

Bundan tashqari, avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘imlar qisqartirilib, mamlakat haydovchilariga Turkmaniston vizasini olish tartibi soddalashtirilishi haqida qayd etilgan.