Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati $54,7 mlnga teng boʻlgan 1668 dona elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1215 taga oshgan.

Mart oyida esa xorijiy davlatlardan 882 dona elektromobil import qilgan.

Oʻzbekiston 3 oyda eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar:

  • Xitoy — 1444 ta;
  • Gonkong — 183 ta;
  • Germaniya — 27 ta;
  • Koreya — 6 ta;
  • BAA — 5 ta.

Avvalroq joriy yilning ikki oyda o‘zbekistonliklar xorijdan 780 dan ortiq elektromobil xarid qilgani haqida xabar berilgandi.

Bunda sakkizta mamlakatdan import qilingan elektromobillar qiymati $26,8 mlnni tashkil etgan.