Xitoydan olib kelingan elektrobuslarning yana 59 tasi poytaxt bo‘ylab qatnovni boshladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 11-maydan boshlab, “Yutong” avtobuslari belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakat amalga oshiradi.

Xususan, harakat tarkibi yangilangan yo‘nalishlar quyidagilar:

  • 12 tasi -“4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 45-sonli “Boshliq mavzesi — FOOD CITY savdo majmuasi” avtobus yo‘nalishiga;
  • 14 tasi — “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 40-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha — Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishiga;
  • 10 tasi — “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 85-sonli “Qora qamish 2/4 mavzesi — Toshkent MUM” avtobus yo‘nalishiga;
  • 4 tasi — “4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 8-sonli “Olchazor mahallasi — Chilonzor mavzesi 25-daha” avtobus yo‘nalishiga.

Avtobuslar soni xizmat ko‘rsatish uchun quyidagicha biriktirilgan:

  • 1 tasi — “1-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 13T-sonli avtobus yo‘nalishiga;
  • 1 tasi — “4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 57-sonli avtobus yo‘nalishiga;
  • 5 tasi — “7-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 94-sonli avtobus yo‘nalishiga;
  • 4 tasi — “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 100-sonli avtobus yo‘nalishiga;
  • 1 tasi — “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 67-sonli avtobus yo‘nalishiga;
  • 3 tasi — “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 51-sonli avtobus yo‘nalishiga;
  • 1 tasi — “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 95-sonli avtobus yo‘nalishiga;
  • 3 tasi — “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 53-sonli avtobus yo‘nalishiga.

Aprel boshida Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobuslar olib kelingandi. Shundan 100 tasi “Yutong” elektrobuslari, 103 tasi uzunligi 12 metr bo‘lgan siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi “Yutong” avtobuslari, 30 tasi esa o‘ta katta sig‘imli “KingLong” avtobuslaridir.

Yaqin oylarda Toshkent shahriga jami 1000 dona, shundan 300 ta elektrobus hamda 700 ta siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar olib kelinishi belgilangandi.

2025-yilgacha Toshkent shahrida jamoat transportini qulay va ekologik toza harakat tarkibi bilan yangilash orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirini 35%ga kamaytirish belgilangan.

Avvalroq tadbirkorlarga avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha imtiyozli kredit berilishi haqida ma’lum qilingandi.

Shuningdek, ular olib kelgan yangi avtobuslar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari mumkin bo‘ladi.