Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining AKTni rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga ma’sul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi hamda xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam bo‘lmasligi lozim, kursni ta’momlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, malaka oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

1-avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.

Yil boshida davlat tashkilotlarining AKT bo‘yicha mas’ul xodimlari savodxonlik darajasi reyting baholash tizimi asosida baholanishi mumkinligi xabar berilgandi. Bu bo‘yicha AKT vazirligi qaror loyihasini muhokamaga qo‘yilgandi.


Avvalroq talabalar uchun oylik stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.