Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bilan fors-major holatlari yuzaga kelganda davlat aviatsiyasining havo hududi va aerodromlaridan o‘zaro foydalanishi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qildi.

Hujjat qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirilgan. U 2021-yil 10-iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan.

Unga ko‘ra, har ikki tomon ham kutilmagan holatlar tufayli havo hududini qisqa muddatli kesib o‘tish uchun ruxsat so‘rashga haqli.

O‘zbekiston Qonunchilik palatasi kelishuvni 2023-yil fevralida qabul qilgan, Senat may oyi boshida ma’qullagan.


Aprel oyida Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiyadan keyin foydalanishga topshirilgandi. Yo‘lakning uzunligi 3905 metr va kengligi 60 metr bo‘lib, loyiha 120 mlrd so‘mga baholangan.