Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi yangilangan komplektatsiyalar qatori uchun shartnomalar tuzish boshlanganini ma’lum qilgandi.

Kompaniyaning xabar berishicha, sotuv boshlangan kunning o‘zida 24 878 dan ortiq shartnomalar imzolangan.

Shundan 21 489 donaga yaqini “Tracker” avtomobil modeli uchun tuzilgan.

“Ushbu sotuv tahlillari, o‘z navbatida, mijozlarning avtomobillarga bo‘lgan talabining ortganini hamda oddiysidan yaxshisiga intilishi oshib borayotganligini ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.

Xususan, “Chevrolet Tracker” avtomobilini xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalarning 65%i Plus va Redline komplektatsiyalari uchun tuzilgan.

“Chevrolet Onix” avtomobillari uchun tuzilgan shartnomalarning 75%i esa aynan uning yangilangan komplektatsiyalariga to‘g‘ri keladi.

May oyi boshida “UzAuto Motors” kompaniyasimazkur avtomobillar uchun buyurtmalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgandi.