2023-yil 1-may holatiga QQS toʻlovchilar soni 180 mingdan oshdi. Bu o‘tgan yil mos davriga nisbatan 16,3%ga koʻp.
Oʻsish koʻrsatkichlari eng yuqori quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
- axborot va aloqa xizmatlari — 47,7% (1 mingta);
- transport — 47,5% (1,9 mingta);
- xizmat koʻrsatish — 21,8% (3,1 mingta);
Hududlar kesimida Toshkent shahri va Qashqadaryo hamda Toshkent viloyatlari yetakchi hisoblanadi.
Oʻsish koʻrsatkichlari eng past sohalar:
- sanoat — 19,2% (4,2 mingta);
- savdo — 16,8% (8,1 mingta);
- qishloq xoʻjaligi — 10,5% (4,4 mingta).
Hozirda QQS toʻlovchilarning 56,4 mingtasi savdo, 47,1 mingtasi esa qishloq xoʻjaligi sohalarida faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq “Spot” 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolarga ayrim tovarlar xaridi uchun to‘langan QQS qaytarilishi haqida yozgandi.