Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UNG Petro"ning 100% ulushini xususiylashtirish bo‘yicha professional maslahatchi tanlash boshlanganini e’lon qildi.

Maslahatchi yoqilg‘i quyish bozorini va aktivning holatini tahlil qilishi, uning investorlar uchun jozibadorligini va sotish jarayonini oshirish bo‘yicha takliflarni taqdim etishi kerak.

Shuningdek, u marketing materiallarini yaratishi va aktivning qiymat diapazonini baholashi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, tanlovda individual kompaniyalar ham, konsorsiumlar ham ishtirok etishi mumkin.

Murojaatni tender@davaktiv.uz elektron manziliga 11-iyun Toshkent vaqti bilan 18:00gacha yuborish mumkin.

Tijorat taklifiga yetarli malaka va resurslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, shunga o‘xshash bitimlarni qo‘llab-quvvatlash tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Kompaniya haqida

  • UNG Petro” — O‘zbekistondagi eng yirik yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i. “UNG” brendi ostidagi 78 ta yoqilg‘i va gaz quyish shoxobchalari mavjud bo‘lib, ularda 1500 dan ortiq kishi ishlaydi.
  • kompaniya 2019 yilda “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi faoliyatini qayta tashkil etish doirasida tashkil etilgan;
  • har yili “UNG” yoqilg‘i quyish shoxobchalari 200 ming tonnadan ortiq avtomobil yoqilg‘isini sotadi.

Avvalroq “Spot” Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Foton” zavodini xususiylashtirishni boshlagani haqida yozgandi.