Polshaning Vistula universiteti Merit grant dasturiga (Vistula University Merit Scholarship) arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan bakalavriatura va magistratura uchun nomzodlar mazkur universitet va Vistula mehmondo‘stlik maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.

2023−2024 o‘quv yili uchun jami 70 nafar talabaga grant ajratilib, qabul qilingan talabalar kontrakt summasidan to‘liq ozod etiladi.

Nomzodlar kamida IELTS 6.0 sertifikatiga yoki xalqaro miqyosda tan olingan unga tenglashtirilgan til bilish sertifikatiga ega hamda GPA baholari minimum 90% bo‘lishi kerak.

Arizalar onlayn ravishda qabul qilinadi. Nomzodlar o‘zi va yutuqlari haqida hikoya qiluvchi qisqa video bilan birga, motivatsion xat, diplom va ilovasi hamda til bilish sertifikatini jo‘natishlari zarur.

Ular ko‘rsatkichlariga qarab 100% yoki 50% grant qo‘lga kiritishlari mumkin. Shuningdek, stipendiya o‘qish davomida yuqori akademik va darsdan tashqari ijobiy ko‘rsatkichlar sharti bilan birinchi yil uchun ajratiladi.

Arizalarni joriy yilning 1-avgustigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Darslar joriy yilning oktabrida boshlanadi.

Shuningdek, 2024-yilning martidan boshlanadigan kurslar uchun arizalarni kelasi yilning 15-yanvarigacha jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Xitoy universiteti Schwarzman Scholars stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.