Avstraliyaning Markaziy Kvinslend universiteti RTP (“Research Training Programm”) stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda barcha mamlakatlardan nomzodlar Magistratura va PhD darajalari uchun hujjat topshirishlari mumkin.

Nomzodlar grantda ishtirok etish uchun oldin universitet qabuliga hujjat topshirishlari zarur. Universitetda deyarli barcha akademik sohalar mavjud.

Baholash quyidagi uchta mezon bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • akademik yutuqlar va yozish qobiliyatlari — 0−20 ball;
  • tadqiqot loyihasining sifati va CQUniversity tadqiqotining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi — 0−15 ball;
  • motivatsiya, tadqiqot tajribasi va muhitini tasdiqlovchi hujjatlar — 0−15 ball.

Arizada barcha hujjatlarni ilova qilish zarur. To‘liq bo‘lmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Grant o‘qish to‘lovi, turar joy hamda yillik $32 ming stipendiyani o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, tibbiyot hamda ilmiy tadqiqot fondlari ham taklif etiladi.

Arizalarni joriy yilning 30-sentabrigacha jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Janubiy Koreyaning Kvanju fan va texnologiya instituti (GIST) magistratura va PhD uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.