“IT Park” “Coursera” bilan hamkorlikda yangi qo‘shma loyihani ishga tushirmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha rezident kompaniyalar xodimlarini bepul o‘qitishga qaratilgan.

Natijada kompaniyalarga 50 nafargacha xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlashga yordam beradi.

Bu imkoniyatdan foydalanish uchun kompaniyalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • “IT Park” rezidenti bo‘lish;
  • treningdan o‘tmoqchi bo‘lgan xodimni rasmiy ishga joylashtirish.

Bepul litsenziya olish uchun kompaniya havola orqali maxsus shaklni to‘ldirishi kerak.

Loyiha orqali kompaniyalar xodimlariga “Coursera” tomonidan taklif etilayotgan turli kurslar va mutaxassisliklarga kirish imkonini taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

Joriy yilning may oyida O‘zbekistonda “Coursera” bilan onlayn kurslarning yangi mahalliy platformasi ishga tushirilgandi.

Yil boshida o‘zbekistonliklar “Coursera” platformasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha bepul ta’lim olishi ma’lum qilingandi. Kurslar o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan beriladi.

Shuningdek, mamlakat platformaning barcha kontentidan foydalanish huquqini beruvchi 10 ming dona litsenziya sotib olishi ta’kidlangandi.