20-iyuldan “Uzbekistan Airways” Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida yangi qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, parvozlar yangi olib kelingan LET L-410 samolyotida muntazam ravishda, har kuni quyidagi jadval asosida yo‘lga qo‘yiladi:

HY1001/HY1002 reyslari:

  • Toshkentdan uchib ketish 8:30 da, Samarqandga uchib kelish 9:55 da;
  • Samarqanddan uchib ketish 10:55 da, Toshkentga uchib kelish 12:20 da.

Toshkent Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 104 ming so‘mdan, qaytish chiptalari narxi esa 182 ming so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filialida, aviakompaniya agentlaridan hamda rasmiy sayti orqali oish mumkin.

Iyun oyida “Uzbekistan Airways” kompaniyasi Chexiyaning “LET Aircraft Industries” konserni bilan LET L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagandi.

Iyul oyiga kelib esa aviakompaniyaning birinchi LET L-410 samolyoti Toshkentga yetib kelgandi.