Joriy yilning 2−3-avgust kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.

Shu sabab, 2-avgust soat 00:00dan 3-avgust 22:00gacha elektr uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar kuzatiladi.

Qayd etilishicha, iste’molchilarga qulaylik yaratish uchun bu vaqtlarda qarzdor iste’molchilar tarmoqdan avtomatik tarzda ajratilmaydi.

Avvalroq “Hududiy elektr tarmoqlari"ga elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash uchun 150 mlrd so‘m budjet ssudasi ajratilishi xabar berilgandi.

Mablag‘lar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yo‘naltirilib, 2 yil muddatga yillik 5% stavkada beriladi