“Meta” korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg milliarder Ilon Maskni 26-avgust kuni jangga taklif qilganini aytdi. Bu haqda u “Threads” ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan xabarida yozgan.

“Men bugun ham tayyorman. U meni birinchi marta duelga chorlaganida, men 26-avgust sanasini taklif qildim, lekin u buni tasdiqlamadi”, deb yozdi “Meta” rahbari.

Ilon Mask mazkur jangga tayyorlanishda Xabib Nurmagomedovning shaxsan o‘zi mashg‘ulot o‘tkazishini xohlagan, biroq u rad javobini bergan.

“Ammo Xabib buni rad etdi, sabablari bizga noma’lum”, deyiladi “TACC” nashri bergan xabarda.

Ilon Mask iyun oyida Mark Sukerbergni oktagonda jang qilishga chaqirgandi.

Mask “Meta” rahbarining “Twitte"ga raqobatchi “Threads"ni yaratish rejalari haqidagi xabarga shunday munosabat bildirgan.

“Agar u rozi bo‘lsa, men u bilan oktagonda jang qilishga tayyorman”, — deb yozdi Mask “Twitter"dagi sahifasida.

Oz navbatida, “Facebook” asoschisi taklifni qabul qildi va “Instagram"da “Menga joylashuvni yuboring” deb yozdi.

KeyinchalikIlon Maskning onasi Mey Mask “Meta” bosh direktori Mark Sukerberg bilan jangini bekor qildi.

“Aslida men jangni bekor qildim. Men ularga bu haqda hali aytmadim. Ammo har ehtimolga qarshi jang bekor qilinganini aytishda davom etaman”, deb yozdi Maskning onasi “Twitter"da.