“Silk Avia” aviakompaniyasining Nukusga parvozlar to‘xtatildi, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Transport vazirligi matbuot xizmati.

Joriy yilning iyun oyidan boshlab, aviakompaniya operator sertifikatini olib, ATR instruktorlari tomonidan aviakompaniya ekipajlarini tayyorlash uchun texnik parvozlarini boshlagan edi.

Aviakompaniya hozirgi vaqtda yo‘lovchilar sonining kamligi sababli Nukusga parvozlarni vaqtincha to‘xtatilishini va sentabr oyida qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan.

“Silk Avia” kompaniyasi 1-iyundan yangi yo‘nalishlarga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Toshkentni Farg‘ona va Nukus bilan bog‘lovchi aviakompaniya Farg‘onadan Urganch, Buxoro va Navoiyga ham parvozlarni amalga oshirishi belgilangandi.

Shu bilan birga, birinchi oyda parvozlar amalga oshirilgan barcha boshqa yo‘nalishlar harakati davom etishi aytilmoqda.

Haftalik parvozlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  • Toshkent-Buxoro-Toshkent;
  • Toshkent-Samarqand-Toshkent;
  • Toshkent-Qarshi-Toshkent;
  • Toshkent-Navoiy — Toshkent;
  • Toshkent-Namangan-Toshkent;
  • Toshkent-Nukus-Toshkent;
  • Toshkent-Termiz-Toshkent;
  • Toshkent-Urganch-Toshkent;
  • Toshkent-Farg‘ona-Toshkent;
  • Farg‘ona-Urganch — Farg‘ona;
  • Farg‘ona-Buxoro-Farg‘ona;
  • Farg‘ona-Navoiy-Farg‘ona;
  • Samarqand-Urganch-Samarqand;
  • Buxoro-Urganch-Buxoro.

Avvalroq “Spot” “Silk Avia” oʻzining oʻquv markazini tashkil etishi haqida yozgandi.

Bu boʻyicha aviakompaniya franuz-italyan ATR konserni bilan kelishuvga erishdi.