Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Fuqarolarining xorijga safar maqsadlari:

  • qarindoshlarni yo‘qlash — 1,7 mln kishi;
  • dam olish — 248,3 ming kishi;
  • o‘qish maqsadida — 19,5 ming kishi;
  • davolanish — 15,3 ming kishi;
  • xizmat yuzasidan — 56,8 ming kishi.

Avvalroq joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan xorijliklar soni 3,1 mlnni tashkil qilgani haqida xabar berilgandi.

Xususan, olti oyda kelgan chet ellik fuqarolarning eng koʻpi Tojikistonga toʻgʻri keladi. Bu davrda mamlakatdan jami 958,5 mingdan ortiq sayyoh kelgan.

Undan keyingi oʻrinlarda Qirgʻiziston (786,4 ming) va Qozogʻiston (764,4 ming) fuqarolari turibdi.

Sayyohlar koʻp tashrif buyurgan davlatlar beshligini Rossiya (345 ming) va Turkiya (48,3 ming) yakunlab berdi.