Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan xorijliklar soni 3,1 mlnni tashkil qilgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumotlarida qayd etilgan.

Xususan, olti oyda kelgan chet ellik fuqarolarning eng koʻpi Tojikistonga toʻgʻri keladi. Bu davrda mamlakatdan jami 958,5 mingdan ortiq sayyoh kelgan.

Undan keyingi oʻrinlarda Qirgʻiziston (786,4 ming) va Qozogʻiston (764,4 ming) fuqarolari turibdi.

Sayyohlar koʻp tashrif buyurgan davlatlar beshligini Rossiya (345 ming) va Turkiya (48,3 ming) yakunlab berdi.

Shuningdek, mazkur davrda Turkmaniston (29,5 ming), Hindiston (16,7 ming), Janubiy Koreya (15,9 ming), Xitoy (13,3 ming) hamda Germaniyadan (11,7 ming) ham sayyohlar oqimi kuzatilgan.

Birinchi chorakda Oʻzbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan xorijliklar soni 2 mlndan oshgandi.

Mamalakatga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha shakllangan:

  • qarindoshlarni yo‘qlash — 1,7 mln;
  • dam olish — 185,9 ming;
  • xizmat yuzasidan — 38,6 ming;
  • davolanish — 22,7 ming;
  • tijorat — 14 ming;
  • o‘qish maqsadida — 4 ming.

Avvalroq “Spot” mart oyida davlat rahbari turizm sohasida rivojlantirish bo‘yicha topshiriq va vazifalar belgilagani haqida yozgandi.