“Vention” kompaniyasi yosh mutaxassislarga keyingi bosqichga koʻtarilish va haqiqiy tijorat loyihalarida tajriba orttirishga yordam beradigan uchta yoʻnalish boʻyicha bepul amaliyotlarni eʼlon qiladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

JavaScript va Node.js boʻyicha amaliyot uch oy davom etadi. Ta’lim gibrid formatda professional murabbiylar — kompaniyaning tajribali muhandislari rahbarligida oʻtkaziladi.

Nomzodlardan talab qilinadi:

  • JavaScript va TypeScript xususiyatlari va aspektlarini bilish;
  • Node.js tamoyillarini tushunish;
  • OOP tushunchasi bilan tanishish va ularni amaliyotda qoʻllash qobiliyati;
  • maʼlumotlar bazalarini bilish;
  • Docker boʻyicha asosiy bilimlar;
  • B1 darajasidan past boʻlmagan ingliz tili.

Qoʻshimcha maʼlumot: natallia.selivonchyk@ventionteams.com


DevOps Engineer boʻyicha amaliyot dasturi gibrid formatdagi toʻrt oylik taʼlim va tajribali murabbiylar — kompaniya muhandislari koʻmagida haqiqiy loyihalar ustida ishlashni taʼminlaydi.

Nomzodlardan talab qilinadi:

  • Linux va kamida bitta dasturlash tili (Python, Java, C#, JavaScript, PHP, GO va boshqalar) bilan ishlash tajribasi;
  • Docker/K8s/CI-CD tools (Jenkins yoki GitLab) va istalgan Clouds (AWS, Azure, GCP) servislarida ishlash tajribasi afzal boʻladi;
  • B1 darajasidan past boʻlmagan ingliz va rus tili.

Qoʻshimcha maʼlumot: natallia.selivonchyk@ventionteams.com


Java boʻyicha amaliyot sentabr oyida boshlanadi. Amaliyotchilar ham individual, ham guruh loyihalarida qatnashadilar. Ishtirokchilar veb-ilovalar va servislarni yaratish uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar.

Nomzodlardan talab qilinadi:

  • Java yadrosi, Spring Framework, Spring Boot, Spring Data, Hibernate, Spring Security, maʼlumotlar bazalari, Docker haqida asosiy bilimlar;
  • Upper-intermediate darajasidagi ingliz tili.

Rezyumeni quyidagi pochta manziliga yuborish mumkin: alena.khaustovich@ventionteams.com