Avvalroq OTMlarning bakalavriatura bosqichiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun Yagona portalda yotoqxonaga joylashish bo‘yicha onlayn ariza jo‘natish imkoniyati yaratilgandi.

Xizmatdan foydalanish, ariza jo‘natish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha ko‘pchilikda savollar yuzaga keldi. Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev u bilan bog‘liq ayrim holatlarni tushuntirdi.

talabalar turar joyi, yagona portal, yotoqxona

Yagona portal orqali 30-avgustgacha kelib tushgan arizalar o‘rtasida dastlabki taqsimot o‘tkaziladi. Dastlabki taqsimotga taxminan 50% o‘rin ajratiladi.

Ya’ni, shu sanagacha nechta ariza kelib tushgan bo‘lsa, ular orasidan avval ehtiyojmand va birinchi navbatda berilishi kerak bo‘lgan talabalarga, shundan so‘ng boshqalarga beriladi.

Keyingi taqsimot ehtiyojga qarab, sentabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Birinchi taqsimotga kirish uchun 30-avgustgacha onlayn ariza jo‘natish kerak, deya qayd etadi huquqshunos.

talabalar turar joyi, yagona portal, yotoqxona

Ayrim toifadagi abituriyentlar uchun OTM tanlash imkoniyati ochilmayotgani va faqat “Tanlang” degan qismi chiqayotgani quyidagicha izohlanadi:

Birinchi navbatda, imtiyoz asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilingan talabalarda mana shunday chiqmoqda. Ularning masalasi hal qilinadi.

Shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga kirgan talabalarda ham bu kuzatilib, ularga yotoqxonadan joy berish hozircha belgilanmagan. Birinchi navbatda, kunduzgi ta’limdagilarga berilishi sabab, ularda OTM tanlash va ariza yuborish imkoniyati yo‘q.

talabalar turar joyi, yagona portal, yotoqxona

Talaba Yagona portalda ro‘yxatdan o‘ta olmayotgan bo‘lsa va pasport ma’lumoti bilan avval ro‘yxatdan o‘tilgani qayd etilsa, “Kirish” sahifasidan parolni tiklash kerak.

Agar parolni tiklash uchun avvalgi telefon raqami hozir mavjud bo‘lmasa yoki begona telefon raqamga biriktirilgan bo‘lsa, unda Davlat xizmatlari markaziga borib, ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin.

talabalar turar joyi, yagona portal, yotoqxona

Yotoqxona olish uchun bir marta ariza yuborish yetarli. Takroran jo‘natilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi yoki rad etiladi.

“Spot” yotoqxona uchun arizani qanday jo‘natish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etgandi. Portalga kirgach, qidiruv tizimiga “Davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish” kalit so‘zlarini kiritib, kerakli sahifani topish mumkin.

Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, buning uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

Imtiyozli talabalarning arizalarini ko‘rib chiqqandan so‘ng, imtiyozsiz talabalarga maxsus navbat raqami berilib, yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar mavjudligiga qarab, navbat bilan yo‘llanma taqdim etiladi.

Agar turar joy imtiyozli talabalar bilan to‘la bo‘lsa, 15 kun ichida rad etish haqida xabar beriladi.

Yagona portalda talabalar turar joyiga joylashish navbatini tekshirish ham mumkin. Buning uchun ham hujjat va xizmat haqi talab qilinmaydi va arizachiga avtomatik ravishda natijalarni chiqarib beradi. Xizmatlardan quyidagi havolalar orqali foydalanish mumkin:

Shuningdek, arizalar natijasini Yagona portaldagi “Mening arizalarim” bo‘limidan bilib olish imkoniyati ham bor.