Joriy yilning 4-sentabridan Toshkent viloyatida tezlikni nazorat qiluvchi 11ta mobil radar ish boshladi. Bu haqda “UzA” nashri xabar bermoqda.

Radarlar viloyatning Yuqori Chirchiq, Ohangaron, Yangiyo‘l, Bo‘ka tumanlari hamda Angren shahrining belgilangan hududlarida joylashgan.

Ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin:

  • Yuqori Chirchiq tumani “Toshto‘g‘izoq” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yuqori Chirchiq tumani “Istiqlol” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yuqori Chirchiq tumani “Sergeli” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yuqori Chirchiq tumani “Jauvqoshti” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Ohangaron tumani “Qairma” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Ohangaron tumani “Uvak” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Ohangaron tumani “Oybuloq” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yangiyo‘l tumani “Mirzo Ulug‘bek” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Yangiyo‘l tumani “Junariq” aholi yashash joyi (70 km/s);
  • Bo‘ka tumani Bo‘ka shahri (60 km/s);
  • Angren shahri (60 km/s).

Avvalroq noyabrdan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishga tushirilishi ma’lum qilingandi. Tizimda ushlangan, to‘xtash joylariga joylashtirilgan hamda olib chiqishga ruxsat berilgan transportlar ro‘yxati yuritilib, jarimalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.