11-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi, xabar beradi “Hududiy elektr tarmoqlari”.

Alisherobod hamda Uyg‘onish MFYlarining ayrim ko‘chalari soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minotidan uziladi.

Xabarda mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini qayd etildan.

Shuningdek, 11-sentabr kuni Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yangihayot va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.

Xususan, Yakkasaroy tumanining Abdulla Qahhor, Damariq, Bobur va X.Sulayman (xususiy va ulgurji iste’molchilar) mahallalarida 10:00 dan 18:00 gacha, Sergeli tumanidagi quyidagi hududlar 11:00 dan 17:00 gacha ta’minotdan uziladi:

  • Eshonbuloq mahallasining Xonobod, Muqanna ko‘chalari;
  • Sadoqat mahallasining Tabarruk, Tavallo ko‘chalari;
  • Xonobod mahallasining Kichiksoy, Beruniy ko‘chalari;
  • Yuqori Darxon mahallasining Navro`z, Chorbog‘ ko‘chalari;
  • ulgurji iste’molchilar — 46 ta.

Bundan tashqari, Bektemir tumanidagi Nurafshon mahallasi va 6ta ulgurji iste’molchi, Yangihayot tumanidagi Fayzli mahallasidagi Daryo bo‘yi 4-tor, Qipchoq ko‘chalari hamda Yangi Darxon mahallasi va 5ta ulgurji iste’molchida 11:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.