“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkentdan Anqaraga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent-Anqara-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta — shanba kunlari o‘rta masofaga mo‘ljallangan Airbus A320neo samolyotlarida amalga oshiriladi.

“Uzbekistan Airways Express” loukoster aviakompaniyasi yangi yo‘nalishga xizmat ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Birinchi reysning ishga tushirilishi 4-noyabrga belgilangan.

Parvoz jadvali (mahalliy vaqt):

  • Toshkentdan uchish — 6:15, Anqaraga kelish — 9:15;
  • Anqaradan uchish 10:45, Toshkentga yetib kelish 16:50.

Nashr qilingan vaqtda bagaj bilan bir tomonlama chiptalar 2,6 mln so‘mdan, qaytish chiptalari esa 2,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Ularni 3% chegirma bilan kompaniya saytida, ilova orqali, “Uzbekistan Airways Sales” filiali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Avvalroq “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Urumchi-Samarqand yo‘nalishida parvozlarni 16-oktabridan boshlashi ma’lum qilingandi.