“Spot” IT bo‘yicha ta’limni o‘zbek tilida ham beradigan o‘quv markazlari, yo‘nalishlar va ularning narxi haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladi.


Najot Ta’lim

Markazda dasturlash darslari ikki xil usulda o‘tiladi: bootcamp va standart.

Standart kursi bu o‘qiydigan yoki ishlaydigan ya’ni vaqti chegaralangan o‘quvchilar uchun bo‘lib, haftada 3 kun 1 soat 50 daqiqadan iborat.

Bootcamp kursi esa chuqurlashtirilgan kurs hisoblanadi. Shu sohani mukammal o‘rganish uchun kuniga 5−6 soat vaqt ajrata oladigan o‘quvchilar uchun bo‘lib haftada 5 kun 3−4 soatdan iborat.

Bootcamp Dasturlash kasbiy ta’lim 2 qismdan iborat:

1) Bootcamp foundation davomiyligi: 5 oy, haftada 5 kun 2−3 soatdan darslar bo‘lib o‘tadi.

Kurs davomida quyidagilar o‘rgatiladi:

  • kompyuter savodxonligi;
  • algoritmlar;
  • data strukturalar;
  • C dasturlash tili;
  • Python dasturlash tili;

2) Bootcamp result davomiyligi: 6−8 oy haftada 5 kun 3−4 soatdan darslar bo‘lib o‘tadi va 6 ta yo‘nalish mavjud:

  • Frontend;
  • NodeJS;
  • Go;
  • Java spring;
  • Flutter;
  • .Net backend.

BePro IT Academy

O‘quv markazida kompyuter savodxonligi va axborot xavfsizligi asoslari bo‘yicha kurslar tashkil etilgan.

  • MS OFFICE (MS WORD, MS EXCEL, MS POWER POINT);
  • Front-end (HTML/CSS JavaScript);
  • Full stack Python (+Django);
  • Java (+Spring);
  • PHP (+Laravel);
  • Android Developer (Java da);
  • .NET Web Developer (C#);
  • Системное администрирование (Linux, Windows server 2019);
  • Cyber Security & Ethical Hacking;
  • Grafik dizayn (Photoshop, CorelDraw,);
  • Web Design (Figma);
  • UI/UX;
  • 3D Max, AutoCad;
  • Digital Marketing (SEO, SMO, ASO, Яндекс директ, Google Adwords, Market Place optimization)
  • DevOps

Codecraft

Bu yerda 10 yosh va undan yuqori yoshdagilarga IT-olamiga endi kirib kelayotgan va davom ettiruvchilarga ta’lim beriladi.

  • web dasturlash kurslari (Front-end va Back-end);
  • Front-end 7 oy davomiyligi,(HTML, CSS, React, Js);
  • Back-end 7 oy, (Python).

PROWEB

  1. WEB DASTURLASH kursida 10 oyda dasturlashning asosiy tillarini va zamonaviy web-saytlarni yaratishni o‘rganib hamda professional web-dasturchilar foydalanadigan vositalar bilan tanishish mumkin.
  2. INTERNET MARKETING kursida 4 oy ichida ijtimoiy tarmoqlarda vakolatli yurg‘azishning barcha sirlarini o‘zlashtirib, “Google” va “Yandex"da kontekstli va maqsadli reklamani qanday ishga tushirishni o‘rganish mumkin.
  3. PRO DESIGN kursida 6 oy ichida web-dizayn, grafik dizayn va poligrafiya o‘rgatiladi. Figma, Photoshop, Illustrator, Corel Draw dasturlarni o‘rgatiladi, shuningdek, mutaxassislar foydalanadigan barcha zarur vositalarni haqida ma’lumot beriladi.
  4. PYTHON kursida 8 oyda telegram-botlarni, Internet-do‘konlarni, web-ilovalarni va boshqa ko‘p narsalarni yaratish o‘rgatiladi.
  5. 5 oyda 3DS max, AutoCAD va Lumion dasturlarni batafsil o‘rgatilib, yuqori sifatli 3D-vizuallashtirish va modellashtirish vositalarini o‘zlashtirish, shuningdek, professional 3D-mutaxassisi bo‘lish uchun barcha kerakli malakalarga ega bo‘lish mumkin.
  6. Kompyuter yig‘ish kursi 2 oy davom etadi, u yerda kompyuterning dasturiy xususiyatlarini, komponentlarni mustaqil tanlashni, kompyuterni yig‘ishni, diagnostika qilishni va muammolarni bartaraf qilish batafsil o‘rgatiladi.

Kurslarga o‘quvchilar 13−14 yoshdan boshlab qabul qilinadi va kurslar onlayn hamda oflayn olib boriladi. Kurslarning narxlari ularning o‘tkazilish turi, ya’ni oflayn yoki online o‘tkazilishiga qarab farqlanadi.


JuniorCode

Xalqaro dasturlash maktabi 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qiladi.

Trening rus metodologiyasi bo‘yicha Scratch junior, Scratch, App Inventor, CoffeeScript, JavaScript, Python va Unity 3D kabi texnologiyalarda olib boriladi.


Ilmhub

O‘quv markazida Foundation Programming, .NET Bootcamp, Python, Scratch, React Native kabi kurslar mavjud.

.NET bootcamp kursi 6 oy davom etadi, darslar haftada 5 kun 4 soatdan bo‘lib o‘tadi. Kurs boshida 1−2 oy C# dasturlash tili OOP konsepsiyalari bilan birga mukkammal tarzda o‘rgatiladi. Unda keyin esa .NET texnologiyasi boshlanadi va API lar bilan ishlash ham boshlanadi.

Kurs davomida ko‘plab real loyihalar bilan ishlanadi va portfolio tayyorlash va intervyu jarayonlari uchun ham o‘quvchilarni tayyorlab boriladi.

Ushbu kursning narxi bootcamp bo‘lganligi uchun oyiga 2 mln 190 ming so‘m.

O‘tiladigan mavzular:

  • C#;
  • Telegram Bot;
  • Asp-net core;
  • Blazor;
  • SignalR;
  • Postgres;
  • Mongodb;
  • Redis;
  • Rabbitmq;
  • Docker;
  • Ocelot;
  • Sql Server;
  • EFcore;
  • Mapster;
  • Fluent Validation;
  • Serilog;
  • Microsoft.identity;
  • Unit Test;
  • Xunit;
  • Nunit;
  • Moq;
  • Fluent Assertions.

Flutter bootcamp kursi 6 oy davom etadi va darslar haftada 5 kun 4 soatdan olib boriladi.

Ushbu kursda dastlabki 1,5−2 oy DART dasturlash tili o‘rgatiladi va undan keyin Flutter texnologiyasi o‘rgatiladi. Darslar xalqaro IT kompaniyada senior mobile dasturchi lavozimida ishlovchi mentorlar tomonidan o‘tiladi.

Ushbu kursning narxi bootcamp bo‘lganligi tufayli oyiga 2 mln so‘m.

Foundation Bootcamp kursi 2 oy davom etadi, darslar haftada 5 kun 2 soatdan. Ushbu kurs dasturlashga endi kirib kelayotganlar uchun mo‘ljallangan va kursdan asosiy ko‘zlangan maqsad algoritmlash va mantiqiy fikrlashni oshirish.

Kurs davomida C++ dasturlash tili noldan professional darajagacha ya’ni OOP gacha o‘rgatiladi. Har bir dars videoga yozib olinadi va telegram guruhiga tashlab beriladi.

Narxi: oyiga 1,5 mln so‘m | jami 3 mln so‘m.

Foundation C++ kursi 4 oy davom etadi, darslar haftada 3 kun 2 soatdan. Kurs davomida C++ dasturlash tili noldan professional darajagacha ya’ni OOP gacha o‘rgatiladi. Harbir dars videoga yozib olinadi va telegram guruhiga tashlab beriladi.

Narxi: oyiga 800 ming so‘m | jami 3,2 mln so‘m.

Viloyatdagilar yoki oflayn o‘rgana olishga imkoni yo‘qlar uchun darslar onlayn tarzda ham olib boriladi.


UAcademy

Markazda quyidagi kurslar mavjud:

  • Foundation;
  • Front-end bootcamp;
  • Back-end bootcamp;
  • QA;
  • Mobile;
  • Devops;
  • UI/UX Design;
  • Project Management.

Kurslar 2 oydan 6 oygacha oflayn tarzda o‘tkaziladi.


Bobir Akilkhanov Tech Academy

"Bobir Akilkhanov Tech Academy” bir necha yillardan beri IT sohasida mutaxassislar tayyorlaydi. Kurslar amaliy mashg‘ulotlarga asoslangan bo‘lib, biz nafaqat dasturlash tillarini, balki murakkab tizimlarni ishlab chiquvchi kasbi ham o‘rgatatiladi.
Bugungi kunda biz quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassilar tayorlanadi:

  • Full Stack Python;
  • Full Stack JavaScript;
  • AI Artificial Intelligence (sun'iy intellekt);
  • C# .NET — Back End;
  • CGI — Motion Design.

Barcha kurslar davomiyligi — 9 oy va 3 ta modulga bo‘lingan.

Har bir modul 3 oydan iborat va modul yakunida imtihon qilinadi. Imtihondan o‘tkan talabalar keyingi modulda o‘qishni davom etishadi.

Darslar haftada 3 marotaba 2 soatdan bo‘ladi. Va undan tashqari yahshi o‘qigan talabalarga real loyihalarda amaliyot taqdim qilinadi va ishga kirishda yordam beriladi.


SOS IT Academy

Veb-dasturchi bo‘lishni xohlovchilar ushbu kurslarda qatnashish imkoniyatiga ega:

  • HTML5 va CSS3;
  • Bootstrap4;
  • JavaScript;
  • jQuery;
  • React / Ajax.

Backend uchun:

  • PHP;
  • MySQL;
  • Laravel kabilar mavjud.

Bo‘lajak dasturchilar Java, Python, C++ kabilarni o‘rganadilar. Bundan tashqari, kompyuter grafikasi va dizayn kurslari ham mavjud.

Kurslar narxi va davomiyligi

Ma’lumotlar faqat tanishtirish maqsadida taqdim etildi. “Spot” narxlarni markazlarning o‘zida tekshirishni tavsiya qiladi.

O‘quv markazi nomi
Guruh kurslari to‘lovlari
(oylik, so‘mda)
Darslar davomiyligi
“Najot Ta’lim”
800 mingdan 2 mlngacha
4−11 oy
“BePro IT Academy”
1 mlndan 2 mlngacha
1,5−8 oy
“Codecraft”
750−850 ming
7 oy
“PROWEB”
1,2 mlndan 2,3 mlngacha
2−10 oy
“JuniorCode”
1 mln 80 ming ming va undan yuqori
6−12 oy
“Ilmhub”
800 mingdan 13 mln 140minggacha
2−7 oy
UAcademy
1 mlndan 7 mlngacha
2−6 oy
“Bobir Akilkhanov Tech Academy”
1 modul — 8 mln
2 modul — 7 mln
3 modul — 6,5 mln
9 oy
“SOS Academy”
700 mingdan 1 mln 800 ninggacha
4−9 oy