12-oktabr kuni Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim ko‘chalaridagi iste’molchilarga bir sutka davomida issiq suv yetkazib berilmaydi. Bu haqda “Veolia Yenergy Tashkent” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Toshkent issiqlik markazi” korxonasi 5-IM “Chilonzor” qozonxonasi faoliyatini 12-oktabr kuni soat:00:00dan shu kuni kechasi 24:00gacha isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun to‘xtatadi.

Unga ko‘ra, bu vaqtda Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi quyidagi manzillarga issiq suv ta’minoti yetkazib berilmaydi:

  • Zargarlik;
  • Lutfiy;
  • Guliston;
  • Farhod;
  • Naqqoshlik;
  • Shirin;
  • Maqsud Shayxzoda;
  • Qatortol 2-ko‘chasi;
  • Katta Xirmontepa;
  • Taqachi;
  • Katta halqa yo‘li;
  • O‘rikzor;
  • Beshqayrag‘och;
  • To‘qimachi;
  • Nashriyot;
  • Yusuf Sakkokiy;
  • Foziltepa ko‘chalari;
  • Chilonzor dahasi 10÷26, 30, 31, G9A, 20A mavzelari;
  • Naqqoshlik;
  • Sharq;
  • Guliston;
  • Al-Xorazmiy 1,2;
  • Beshqayrag‘och;
  • Izza dahalari;
  • O‘rikzor bozori doirasida.

Issiq suv ta’minoti 5-IM qozonxonasi ishga tushishi bilan tiklanadi.

Bundan tashqari, “Vodnik” dahasida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

Xususan, yangi qozonxona qurish uchun magistral quvurni rekonstruksiya qilish doirasida quyidagi sanalarda vaqtincha to‘xtatiladi:

  • 12-oktabr soat 13:00dan 17:00gacha;
  • 16-oktabr soat 09:00dan 20-oktabr 16:00gacha.

Bu tizimni modernizasiya qilish va hududda yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tish doirasida yangi qozonxona qurilishini yakunlash uchun zarur, deyiladi xabarda.