“Ancor” staffing kompaniyasi O‘zbekistonda stajirovka bozorini o‘rganib chiqdi. “Spot” uning natijalari bilan tanishdi.

Kompaniya tomonidan o‘tkazilgan onlayn so‘rovnomaga ko‘ra, bu yil mamlakatdagi kompaniyalarning 77%ida amaliyot dasturlari mavjud. Shu bilan birga, tashkilotlarning yarmidan ko‘pi joriy yildan amaliyotchilar bilan ishlashishni yo‘lga qo‘ydi.

Amaliyot dasturlari yetishmasligining asosiy sabablari sifatida yosh mutaxassislarni jalb qilishdagi qiyinchiliklar, budjetning cheklanganligi hamda “nol"dan o‘qitish uchun resurslarning yetishmasli keltirilgan.

Aksariyat kompaniyalar o‘z ehtiyojlari uchun mutaxassislarni yetishtirish yoki muntazam ishlarni bajarish uchun maliyotchilarni yollashadi. Ko‘pincha yosh mutaxassislar marketing, HR, IT va moliya sohalariga jalb qilinadi.

Korxonalarning yarmi amaliyotchilarga 1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha maosh taklif qiladi. Shuningdek, moslashuvchan ish grafigini kelishib olishadi.

O‘z navbatida, amaliyotchilar kompaniya tanlashda moliyaviy barqarorlik va moslashuvchan ish grafigining mavjudligiga e’tibor qaratishadi. Amaliyot dasturlarini topishda asosan “Telegram” va “Instagram"dan foydalaniladi.

Avvalroq “HeadHunter” kompaniyasi hh.uz platformasida ish qidirish uchun optimal vaqt bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qilgandi.