Joriy yilning 3-oktabr kuni mahalliy poyezdlarning chipta narxlari oshirilishi ma’lum qilindi. Xususan, 20-oktabrdan yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50%ga, “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari esa 100%ga oshiriladi.

Undan keyin, prezidentning 10-oktabrdagi mamlakatda temir yo‘l transporti sohasini isloh qilishga qaratilgan qarori bilan, 2024-yildan tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish tariflari erkin belgilanishi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur o‘zgarishlar aholi o‘rtasida muhokamalarni keltirib chiqardi. Bu bo‘yicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” 14-oktabr kuni OAV vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazib, yuzaga kelayotgan savollarga munosabat bildirdi.

Unda O‘zbekistonda Rossiya, Ukraina, Hindiston va boshqa mamlakatlarga nisbatan chiptalarning arzonligi aniqlangani ta’kidlandi. Bundan tashqari, narxlar yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnaydigan yo‘nalishlarda avia va avtotransport bilan taqqoslansa, mamlakat tezyurar poyezdlari yuqori qulaylik toifasidagi poyezdlar ekani qayd etildi.

Amaldagi narxlar xizmat ko‘rsatish sinfiga mos kelmasligi va shunga mos ravishda xizmat ko‘rsatish sifatiga hamda ichki va xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir qilishi ta’kidlandi. Narxlar o‘sishi bilan, xizmat ko‘rsatish toifasi va qulayligiga muvofiq, tezyurar poyezdlarga chiptalar yetishmasligi muammolari ham hal qilinadi.

“Chiptalar shunchalik arzonki, chayqovchilar ularni sotib olib, poyezd jo‘nashidan oldin odamlarga qayta sotadilar. Agar chipta sotilmasa, ular 15 ming so‘m jarima to‘lab, chiptani kassaga topshiradilar. U chiptani qayta sotadigan odamni topsa, 100, 150 ming so‘m daromad oladi”, — dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov.

Shuningdek, “bitta pasport — bitta chipta"ning yangi shartlari ham kassalarda chiptalar yo‘qligiga qarshi kurashishda yordam berishi ta’kidlandi.

Ekspertlar yangi yo‘lovchi vagonlarini sotib olish rejalari, kompaniya allaqachon sotib olingan vagonlar uchun kreditlarga ega ekanligi, shuningdek, yo‘lovchi tashish foydasiga qo‘yilgan ustuvorliklar haqida so‘zlab berdi.

“Yo‘lovchilar tashish jarayoni katta xarajatlar talab etadi. Ammo shunga qaramay, biz aholimiz poyezdlarda qulay harakatlanishi uchun ularga ustuvor ahamiyat beramiz. Temir yo‘l liniyasi bo‘ylab 1 yo‘lovchi poyezdi o‘tganda, taxminan 3ta yuk poyezdlari kutib turadi. Shunga qaramay, yo‘lovchi tashish yo‘qotishlari yuk tashish hisobiga qoplanadi. Bu o‘zaro subsidiya deb ataladi”, — dedi deydi Xikmatulla Raxmetov.

Ma’lum qilinishicha, hozir “O‘zbekiston temir yo‘llari” Urganch va Xiva shaharlarigacha yuqori tezlikdagi liniyalar qurish bo‘yicha ish olib bormoqda hamda mazkur loyihalar ushbu hududlarda yo‘lovchi tashish qulayligigini yaxshilashga qaratilgan. Bundan tashqari, kelajakda Nukus shahrigacha yuqori tezlikdagi poyezdlar liniyasini davom ettirish rejalashtirilgan.

Prezident qarori bilan, “O‘zbekiston temir yo‘llari"ni 2025-yilgacha raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlangan. Buning uchun davlat kompaniyasi va tegishli idoralar tanlov asosida xalqaro konsultantlarni jalb qiladi.

Shuningdek, 2023−2026 yillarda sohani rivojlantirish bo‘yicha Janubiy Koreya va Chexiyadan O‘zbekistonga elektropoyezdlar xarid qilinadi.

Chexiyaning “Skoda” kompaniyalar guruhi O‘zbekiston hukumati bilan elektropoyezdlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi.