AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Markaziy Osiyoga qo‘shimcha sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

24-oktabr kuni Samarqandda tashkilot administratori Samanta Pauer raisligida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hukumatlari bilan C5+1 mintaqaviy vazirlar, jumladan Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazir 2022-yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasi 2017-yilga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘payib, $220 mlrdni tashkil etgani, o‘zaro investitsiyalar hajmi 5,6 barobar oshganini ta’kidladi. Mintaqaning umumiy YaIM so‘nggi besh yilda 40% o‘sdi va 2022-yil oxiriga kelib $406 mlrddan oshdi.

Tomonlar raqamli va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyani yaxshilash, mehnat resurslarini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini oshirish, shuningdek, transport, energetika va ekologiya bo‘yicha muhokama olib bordi.

Samanta Pauer AQSh tomonidan Markaziy Osiyoga qo‘shimcha $14,3 mln yordam berilishini e’lon qildi. USAID 100 tagacha mikro, kichik va o‘rta korxonalarga grantlar taqdim etib, xususiy investitsiyalar uchun $10,8 mln ajratadi.

Dastlab, faoliyati chegaralangan jamoalar tomonidan boshqariladigan hamda AKT va yashil iqtisodiyot kabi muhim sektorlarda ishlaydigan startaplar jalb qilinadi. Loyiha 8 mingta markaziy osiyolik uchun ish o‘rinlari yaratish va mavjudlarini yaxshilashga yordam beriladi.

Shuningdek, tashkilot $1,5 mln miqdoridagi mablag‘lar jurnalist va OAV vakillarining mediasavdoxonligini oshirishga yo‘naltiriladi. Energiya xavfsizligi va mintaqaviy elektr energiyasi savdosini rivojlantirish borasida $2 mlnlik qo‘shimcha sarmoya yo‘naltiriladi.

Vazirlar savdo-sotiqni oshirish va issiqxonadan chiqayotgan gazlarni kamaytirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishishdi. Tomonlar dekarbonizatsiya va bojxona tartibini raqamlashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Avvalroq USAID O‘zbekistondagi bir qancha yo‘nalishlardagi loyihalar uchun $14 mln ajratishi haqida xabar berilgandi.