“Nokia” brendi ortida turgan “HMD Global” kompaniyasi 2026-yilga borib bu nom ostida telefonlar ishlab chiqarishni to‘xtatadi, deya xabar bermoqda “Ferra” nashri.

“Nokia"dan estafetani qabul qilib olgan “HMD Global” 2024 yilning apreligacha Hindistonda o‘zining smartfonlar qatorini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

“HMD” smartfonlarining yangi qatori foydalanuvchilarga tez-tez operatsion tizim yangilanishini va “Nokia” telefonlarida qo‘llaniladigan “Android"ning birja versiyasini taklif qiladi.

Kompaniya endi o‘z assortimentini planshetlar, funksiyali telefonlar va “Internet of Things” (buyumlar interneti) qurilmalari bilan kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Ularning har biri “Nokia” mahsulotlaridan farq qiladigan o‘z narx diapazoniga ega bo‘ladi.


2022-yil aprel oyida “Nokia” kompaniyasi Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya bozorini tark etishga qaror qilgandi.

Kompaniya hujjatlar bilan bogliq masalalar tugallanmagunga qadar mamlakatdagi faoliyatini olib borishi, bu yil oxirigacha davom etishi ma’lum qilingandi.

“Biz hozirgi sharoitda mamlakatda ishlashni davom ettirish uchun hech qanday imkoniyatlarni ko‘rmayapmiz”, dedi “Nokia” bosh direktori Pekka Lundmark.

Lundmarkning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning Rossiyani tark etish qarori 2000 ga yaqin xodimga ta’sir qiladi va ularning ba’zilariga boshqa mintaqalarda ish taklif qilinishi mumkin.

“Kompaniya mahsulotlariga boshqa hududlarda kuchli talab mavjud, shuning uchun bu 2022-yilgi moliyaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir qilmaydi”, deyiladi “Nokia” xabarida.