“Air Samarkand” xususiy aviakompaniyasi ikkinchi havo kemasini qabul qildi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.

11-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 4:07 da Samarqand xalqaro aeroporti aerodromiga yangi aviakompaniyasining Airbus A321 flotidagi ikkinchi havo kemasi qo‘ndi.

Ikkinchi havo kema aviakompaniyaning rejalashtirilgan yo‘nalish tarmog‘i orqali yo‘lovchilarni tashish imkoniyatlarini kengaytiradi.

2023-yil oxirigacha aviakompaniya 5 tagacha havo kemalarni qabul qilishni va ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

2-noyabr kuni “Air Samarkand” xususiy aviatashuvchisi birinchi Airbus A330−300 samolyotini qabul qilib olgandi.

Xitoyning “Minsheng Financial Leasing” kompaniyasiga tegishli samolyot 2010-yili Tuluzada ishlab chiqarilgan. 2022-yilning iyuligacha samolyotdan Tayvanning “China Airlines” aviakompaniyasi foydalangan. Shundang so‘ng, “Air Samarkand” aviakompaniyasi o‘rta masofali Airbus A321−200 samolyotini xarid qiladi.

Kuz-qish mavsumida aviakompaniya Samarqanddan Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya, Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlariga muntazam va charter reyslarini yo‘lga qo‘yadi.

O‘tagn yilning noyabrida “Intellektual Mulk” ma’lumotlar bazasida “Air Samarkand” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza paydo bo‘lgandi.

Kompaniya to‘liq tejamkor konfiguratsiyaga ega ikkita o‘rta masofali Airbus A320 samolyotida Rossiya va Osiyoning 14 ta shahriga parvoz qilishni rejalashtirgan. Aviakompaniya Samarqand xalqaro aeroportini baza sifatida tanladi.


Avvalroq “Spot” “Humo Air” loukoster aviakompaniyasi O‘zbekistonning 6ta shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergandi.