6−12 noyabr kunlari kunlari O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan ochiq birja savdolari orqali jami 2,09 trln so‘mlik tovar resurslari sotildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 41 106 tonna sement sotilib, o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 8,2 ming tonnani tashkil qildi.

Sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 644,1 ming so‘mdan 634,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 68ta xaridor ishtirok etdi.

Birja savdolariga 12 ming tonna shakar qo‘yilib, uning 679 tonnasi, ya’ni 5,7% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 23ta xaridor ishtirok etdi.

Shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 373,6 ming so‘mdan 12 998,3 ming so‘mgacha pasaygan.

Shuningdek, birja savdolarida 43 689 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 49ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari esa 8 738 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 913 ming so‘mdan 2 854,7 ming so‘mgacha pasaydi.


Avvalroq “Spot” bozor ishtirokchilarining AI-80 benzinini xarid qilish bo‘yicha kunlik limitni 10 tonnadan 4 tonnagacha kamaytirishni so‘ragan xatini e’lon qilgandi.

Raqobat qo‘mitasi limit oshirilishini import narxlarining ichki bozorga ta’sirini yumshatish bilan izohladi. Birjada AI-80 benzinini xarid qilish limitining oshirilishi xaridorlar sonini kamaytirgan.

Jo‘rabek Mirzamahmudov Raqobat qo‘mitasi tomonidan birjada AI-80 benzinini sotib olish limiti oshirilganiga izoh berib, mamlakatda yoqilg‘i defitsiti yo‘qligini ta’kidladi.