“Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, budjet tashkilotlari, davlat korxonalari hamda o‘z ustav fondida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlar) realizatsiya qilishga doir aylanma hamda ularning importi 2028-yilgacha QQSdan ozod qilinadi.

Bunda, imtiyozlar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan (bundan banklar orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablag‘lar mustasno) to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida amal qiladi.

1-yanvardan ayrim soliq hisobotlari avtomatik tarzda shakllantiriladi. Mazkur hisobotlar QQS, aylanmadan olinadigan soliq, shuningdek, yuridik shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq “Spot” kelgusi yilda kutilayotgan soliq va bojxona siyosatidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot bergandi.