Toshkentda BMTning Taraqqiyot dasturi doirasida raqamli biznesni rivojlantirish bo‘yicha trening tashkil etiladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda ishtirok etish bepul bo‘lib, o‘zbek tilida olib boriladi hamda oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi.

Trening 24-noyabr kuni soat 18:30da IT Parkning Toshkent filialida o‘tkaziladi.

Unda ishtirok etish uchun arizalarni 23-noyabrgacha havola orqali jo‘natish kerak.

Onlayn ishtirok etishni xohlovchilarga “Zoom” konferensiyasiga ulanish uchun havola bu yerda. Konferensiya identifikatori — 850 5051 2930. Kirish kodi — 401350.

Avvalroq “Spot” Farg‘onada o‘tkaziladigan “Hack4DigitalVillages” xakatoniga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi. Tanlovda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 22-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.