Hukumatning 5-dekabrdagi “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida"gi qarori qabul qilindi.

Soliq organi QQS guvohnomasini faqatgina amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmagandagina to‘xtatib turishi mumkin.

QQS guvohnomasi — QQS to‘lovchisiga soliq organi tomonidan beriladigan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va soliq qonunchiligi hujjatlarida belgilangan hollarda QQS hisobga olish huquqini tasdiqlovchi elektron shakldagi hujjat.

Bunda guvohnoma 30 kun muddatda to‘xtatib turiladi. Bu orada esa kameral hamda sayyor soliq tekshiruvlari natijasiga ko‘ra ushbu holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganda, guvohnomaning amal qilishi qayta tiklanadi.

Oldin soliq organlari guvohnomaning amal qilishini quyidagi holatlarda to‘xtatib turish vakolatiga ega bo‘lgan:

  • soliq qarzi mavjud bo‘lganda;
  • soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga mansub bo‘lganda;
  • hamda 3 oydan ortiq vaqt davomida moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganda.

Joriy yilning 1-oktabridan qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) soliq uzilishi (tax gap) koeffitsientini qo‘llash amaliyoti bekor qilindi.