Toshkent viloyatidagi o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Xususan, Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar S.P, B.K va I.K 3ta issiqxonani tabiiy gazga elektron gaz hisoblagichlarsiz o‘zboshimchalik bilan ulagani ma’lum bo‘ldi.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga jami 526,5 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim etildi.

Mazkur resurslarga talab ortgan paytda ham ulardan ayrim “tadbirkor"larning noqonuniy va o‘g‘rincha foydalanishlari nihoyatda achinarlidir. Bunday shaxslarning nopok harakatlari energiya resurslari ta’minoti barqarorligiga jiddiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.

Avvalroq “EastFruit” tahlilchilari O‘zbekistonda issiqxona biznesini rivojlantirishning pessimistik ssenariysi amalga oshirilayotganini qayd etgandi. Mamlakatda issiqxona biznesidagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarning bir qancha sabablari keltirilgan.


Toshkent shahri va viloyatidagi 3ta gaz zapravka yirik miqdordagi tabiiy gazni talon-toroj qildi. Natijada, 34,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.