“O‘zbekiston temir yo‘llari” Yangi yil bayrami munosabati bilan “Toshkent-Xiva-Toshkent” qo‘shimcha poyezd qatnovlarini amalga oshiradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 22, 24, 26, 28, 30-dekabr va 2024-yilning 2, 4, 6-yanvar kunlari 156-sonli “Toshkent — Xiva” yo‘nalishi qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

156-sonli “Toshkent — Xiva” yo‘nalishi

  • Toshkent 17:00 — Xiva 07:51.

155-sonli “Xiva — Toshkent” yo‘nalishida qatnov 23, 25, 27, 29, 31-dekabr va 2024-yilning 3, 5, 7-yanvar kunlari amalga oshiriladi.

Harakat jadvali quyidagicha:

155-sonli “Xiva — Toshkent” yo‘nalishi

  • Xiva 09:14 — Toshkent 00:03.

Avvalroq “Spot” Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha poyezd qatnovlarini amalga oshirilishi haqida yozgandi.

25, 26, 27, 28-dekabr kunlari Toshkentdan Qarshiga, 29, 30, 31-dekabr kunlari esa poytaxtdan Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezd harakati amalga oshiriladi.