Turar joy maydoni haqidagi ma’lumotnomani onlayn olish imkoniyati yaratildi.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin. Buning uchun portalda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lish zarur. Bu bo‘yicha qo‘llanma bilan havola orqali tanishish mumkin.

Portalga kirgach “Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma olish” kalit so‘zlarini kiritib kerakli xizmatga o‘tish zarur.

Arizani dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, istalgan kunda, 24 soat davomida yuborish mumkin

Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, hech qanday hujjat talab etilmaydi. Xizmat natijasi esa shu vaqtning o‘zida taqdim etiladi.

Fuqaroga tegishli turar joyning maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimlaridan elektron shaklda ko‘chmas mulkning kadastr raqami orqali tekshiriladi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.

Avvalroq pensiya va nafaqa to‘lovlarini to‘xtatib turishga onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratilgandi.