“Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, naslchilik xo‘jaliklari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni pasaytirilgan miqdorda to‘lashning imtiyozli muddati 2025-yilgacha uzaytirildi.

Bunda soliqni 50% pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan amal qiladi.

Avgust oyida chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan mamlakatning 25ta tumanida chorvachilik klasterlari tashkil etilishi belgilandi.

Sentabrda hukumat qarori bilan naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.

Davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun BHMning 2 baravari — 660 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi. Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanilganda bu miqdor 594 ming so‘mni tashkil etadi.