“Apple” AQShlik mijozlarining kompaniyaga qarshi da’vo arizasi sababli ularga tovon puli to‘lashni boshlaydi, deya xabar bermoqda “Macrumors” nashri.

“Apple” kompensatsiya to‘lovlarining umumiy miqdori advokatlik to‘lovlarini hisobga olgan holda $310 mlndan $500 mlngacha bo‘ladi.

Da’vo arizasida aytilishicha, har bir mijoz uchun to‘lov da’vogarlar soniga qarab $25 dan $500gacha bo‘lishi mumkin. Natijada, taqdim etilgan arizalarni tahlil qilib, “Apple” $97,12 miqdorida kelishib oldi.

“Apple"ga qarshi jamoaviy da’vo 2017-yilda qo‘zg‘atilgan. O‘shanda kompaniya iOS eski iPhone modellarini sekinlashtirganini tan olgan edi.

Kompaniya o‘z harakatlari uchun uzr so‘radi va qurilma egalariga yangi batareyalarni taklif qildi.

Shu bilan birga, kompaniyan sekinlashuv go‘yoki ma’lum vazifalarni bajarayotganda smartfonlarning kutilmaganda o‘chib qolishini oldini olish uchun zaruriy chora ekanligini aytdi.

“Apple” iOS 10.2.1 da quvvatni boshqarishning yangi tizimini chiqardi, biroq dastlab yangilanishning relizlar eslatmalarida o‘zgarishlar haqida gapirmadi.

Keyin “Apple” dasturiy ta’minotni chiqarishda shaffoflik yo‘qligi uchun uzr so‘radi va 2018-yilda iPhone batareyasini almashtirish narxini vaqtincha $29gacha pasaytirdi.

2020-yilda tomonlar kelishuvga erishgan. Umumiy yig‘ilishda 3 mlnga yaqin da’vogar ishtirok etdi. Uch yil davomida da’vogarlar va “Apple” kompensatsiya miqdori bo‘yicha kelishib oldilar.

To‘lovlar 2020-yil 6-oktabrgacha sudga qo‘shilgan iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6s, iPhone 6s Plus, iPhone 7, iPhone 7 Plus yoki iPhone SE’ning amerikalik egalari tomonidan olinadi.

Hisob-kitobda belgilangan vaqt jadvaliga asoslanib, “Apple” 2024-yil yanvar oyidan boshlab katta to‘lovlarni amalga oshirishni boshlashi kutilgan edi.

Da’voni hal qilish uchun yaratilgan veb-sayt ma’muriyati zarar ko‘rgan mijozlardan sabrli bo‘lishni va “Apple"dan to‘lovlarni kutishni so‘raydi.