Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistonda bukmekerlik, lotereya va kazinolar faoliyatini qonuniylashtirish masalasi ustida ishlamoqda. Bu haqda 6-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida NAPP direktori o‘rinbosari Vyacheslav Pak ma’lum qildi, deb xabar beradi “Spot” muxbiri.

“Onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni qonuniylashtirish yoki qonuniylashtirmaslik — jamiyat ichidagi munozarali masala: kimdir yoqlaydi, yana kimdir esa qarshi. Hozir faqat pozitsiyani rivojlantirish masalasi turibdi. Bu qachon qonuniylashtiriladi? Hozir bu haqda gapirish qiyin, chunki masala endigina ishlab chiqilmoqda va aniq sanalarni aytishga hali erta”, — dedi Pak.

Shuningdek, u mazkur masala o‘rganilayotgani va tegishli qaror kiritilishi kerak bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari asosida qabul qilinishini qayd etdi.

Unga ko‘ra, bukmekerlik korxonalari va lotereyalar sohasida huquqiy ziddiyatlar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish rejalashtirilgan. Masalan, lotereyalarni litsenziyalash tartibini belgilovchi hujjatlar mavjud, ammo faoliyatning o‘zi litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmagan. Davlat boji to‘g‘risidagi qonun esa lotereyalarga litsenziya berishda yig‘im belgilaydi.

Bundan tashqari, Vyacheslav Pak bukmekerlik idoralari ishiga rasman taqiq qo‘yilganiga qaramay, bukmekerlik litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilganini tan oldi. Qimor o‘yinlari uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi, deya ta’kidladi u.

“Bunda ustida ishlash, jamiyatda vujudga kelgan huquqiy ziddiyatlarni bartaraf etish kerak bo‘lgan masalalar mavjud. Davlat rahbarining mazkur sohani huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishga qaratilgan qator topshiriqlari bor”, — deya qo‘shimcha qildi NAPP direktori o‘rinbosari.

Avvalroq, NAPP “Binance kriptobirjasini jarima to‘lamaganligi uchun sudga bermoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.