Turkiyada o‘tkaziladigan “Teknofest” texnologiyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda butun dunyodan nomzodlar 46ta asosiy va 117ta quyi kategoriyalar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.

Aerokosmik va texnologiya festivali doirasida tashkil etiladigan musobaqalarda boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari, bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Festival doirasida sun’iy yo‘ldosh, biotexnologiya innovatsiya, IT, sanoat, uchuvchi avtomobil simulyatsiyasi, ta’lim hamda qishloq xo‘jaligi texnologiyalari tanlovi kabilar o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, joriy yilda blokcheyn, havo mudofaasi tizimlari, moliyaviy texnologiyalar kabi yo‘nalishlardagi musobaqalar uchun ham birinchi marotaba arizalar qabul qilinmoqda.

Har bir yo‘nalishning tegishli tartib va talablari mavjud hamda ular haqida batafsil festival saytidan ma’lumotlarni olish mumkin.

Shuningdek, tanlovlarning baholash bosqichlari ikki — loyihani dastlabki baholash hamda loyiha taqdimoti (yarim final) bosqichlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

G‘olib bo‘lganlarga uchta o‘rin bo‘yicha pul mukofotlari taqdim etiladi. Aerokosmik va texnologiya festivali Adana shahrida bo‘lib o‘tadi.

Arizalarni joriy yilning 20-fevraligacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.