O‘zbekistonliklar Turkiyaga mehmonxona ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar mamlakatga yuqoridagi sohaning oshxona ishlariga qabul qilinmoqda.

Ish vaqti 6 kun 8 soatdan davom etadi. Ish haqi esa 18 ming lira ($580, soliqlar to‘langandan keyin)ni tashkil etadi.

Konsullik yig‘imidan tashqari barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.

Nomzodlar 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi, tajribaga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, sudlanmaganlik hamda xorijga chiqishga taqiq yo‘qligi talab qilinadi.

Mazkur ishga ariza topshirishda nomzodlardan chet tilini bilish talab etilmaydi. Ro‘yxatdan havola orqali o‘tish mumkin.

300 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgandan keyin arizalar qabuli to‘xtatiladi.

Hozirda fuqarolar Janubiy Koreyaga turli sohalar bo‘yicha ishlarga taklif etilmoqda. Ro‘yxatdan 14-fevralgacha o‘tish mumkin.