Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi yer uchastkasi va binolar majmuasini sotuvga qo‘ydi.

Muassasa “Jangoh” massivida, “Nurafshon” va “Sebzor” ko‘chalari chorrahasida, shuningdek, “Malika” majmuasi hududida joylashgan. Sotuvga qo‘yilgan binolar majmuasida oldin bolalar bog‘chasi faoliyat yuritgan.

Yer uchastkasining umumiy maydoni qariyb 0,36 gektarni, bino va inshootlar esa 1161 kvadrat metrni tashkil qiladi. Binoda kanalizatsiya, elektr va gaz hamda suv ta’minoti mavjud.

Lotning boshlang‘ich bahosi — 17,35 mlrd so‘m. Shuningdek, zakalat puli 173,5 mln so‘mni tashkil etadi.

Auksion joriy yilning 18-mart kuni soat 10:00da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kuni soat 09:00gacha havola orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar elektron onlayn auksion orqali ijaraga berilishi ma’lum qilingandi. Bunda yerlar 30 yilga ijaraga berilib, yer narxini uch yil muddatda har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin bo‘ladi.