Yanvar oyida O‘zbekistonda qariyb 22 mingta uy-joy sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20%ga ko‘pdir. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

Uy-joylar savdosi Xorazm (75%), Sirdaryo (51%), Samarqand (48%) va Surxondaryo (42%) viloyatlarida sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

cerr, ijara, ko'chmas mulk, tahlil, toshkent, uy-joy

Toshkentda uy-joy ijarasi

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etib, yil boshidan buyon poytaxtda o‘rtacha ijara narxi 2,2%ga pasaydi va 1 kvadrat metr uchun $9ni tashkil etdi.

Uchtepa, Bektemir va Sergeli tumanlarida ijara haqi mos ravishda 3,4%, 2,1% va 1,1%ga qimmatlashgani qayd etildi.

Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ijara haqi sezilarli darajada pasaygan, bu hududlarda ijara narxi 5%dan ko‘proqqa arzonlashgan.

Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida narxlar biroz pasayganiga qaramay, bu yerda eng yuqori narxlar saqlanib qolmoqda, uy-joyni ijaraga olish har kvadrat metr uchun o‘rtacha $11ni tashkil etadi.

Nisbatan arzon ijara narxlari Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida 1 kv.\adrat metr uchun $8dan $6gacha qayd etildi.

Ikkilamchi bozor

Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6%ga o‘sdi, yillik hisobda 18%ga oshdi. Eng sezilarli o‘sish Xorazm, Toshkent va Andijon viloyatlarida o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 30%ga o‘sish kuzatildi.

cerr, ijara, ko'chmas mulk, tahlil, toshkent, uy-joy

Yanvar oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli o‘zgarmadi va bir kvadrat metr uchun $1122ni tashkil etdi.

Bektemir, Sergeli va Yashnobod tumanlarida narxlar biroz sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

O‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi bozorning o‘rtacha narxi deyarli 20%ga oshdi.