“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Germaniyaning logistika kompaniyasi multimodal transport logistika markazi tashkil etiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatning “Rhenus SE&Co KG” kompaniyasi bilan qo‘shma korxonani tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Prezidentning 2023-yilning sentabr oyidagi Germaniyaga tashrifi davomida bu bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Markaz Andijon logistika markazi negizida “UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasi sifatida qayta tashkil etiladi. 2024−2026 yillarda loyihaga 20 mln yevro investitsiya yo‘naltiriladi.

Unda ochiq va yopiq bojxona omborlari, konteynerlarni ortish-tushirish maydoni tashkil etiladi.

Shuningdek, og‘ir yuklarni qayta ishlash va multimodal tashuvlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Xususan, yiliga 250−300 ming tonna yukni qayta ishlash mumkin bo‘ladi.

“UzContargo Andijan” qo‘shma korxonasining rasmiy ochilish joriy yilning mart oyi oxirlariga rejalashtirilmoqda.

Prezident transport loyihalarini ekspertiza jihatidan qo‘llab-quvvatlashga Germaniyaning yetakchi tashkilot va kompaniyalari mutaxassislarini jalb qilishni taklif qilgandi.

Yanvarda davlat rahabri logistika masalalari bilan yetarlicha shug‘ullanmayotgani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov ogohlantirish bergandi. Logistikadagi muammolarni yechish, mintaqaviy va yirik xalqaro loyihalarni jadallashtirish topshirildi.

Avvalroq joriy yilning avgustda Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi majmuasi qurilishi boshlanishi haqida xabar berilgandi.